22.04.2025

Til yuganchasining kaltaligi

Til yuganchasining kaltaligi jag’larning shakillanishiga va tishlarnng to’g’ri chiqishiga katta tasir ko’rsatishi mumkun, ayniqsa yosh bolalarda. Til harakatchanligining chegaralanishi funksiyasi buzulishiga, bu esa o’z navbatida jag’ rivojlanishiga, nafas olishga va juz tuzulishiga salbiy tasir ko’rsatadi.

Yuganchaning kaltaligi nimalarga tasir ko’rsatadi

  1. Til doim tanglayga tasir qilib turganligi sababli, uning to’g’ri shakillanishini taminlaydi. Til yuganchasining kaltaligida tilning tanglayga tasiri kamayadi, natijada yuqori jag’ning torligi, og’iz orqali nafas olish va pastki jag’ning kichkina bo’lib qolishiga olib keladi.
  2. Yuqori va pastki jag’ning kichkinaligi tishlarning qiyshiq chiqishiga sabab bo’ladi. Og’iz orqali nafas olish ochiq prikusga olib kelishi mumkun.
  3. Til harakatining chegaralanishi tufayli bola bazi harflarni talaffuz qilishga qiynalishi mumkun.

Nima qilish kerak ?

Stomatolog (jarrox, ortodont) va logopedga murojat qilish kerak. Kerak bo’lsa yugancha plastikasi (frenulo-plastika) amaliyotini o’tkazish mumkun.

Xulosa

Til yuganchasining kaltaligini erta davrda bartaraf etish, kelajakda bo’lishi mumkun bo’lgan jiddiy muammolarning oldini oladi.

Farzandingizga etiborli bo’ling!

https://t.me/ulugbek_abdusattarov_kanali