12.08.2025
Elayner yaxshimi yoki breket? Toshkentda qaysi biri Siz uchun mos?

Tishlarni to‘g‘rilashda eng ko‘p beriladigan savollardan biri — “Elayner yaxshimi yoki breket?”. Dentario klinikasida biz bu savolga javobni bemorning holatini to‘liq tekshirgan holda beramiz. Har ikkala usul ham tishlarning estetik va funksional holatini yaxshilaydi, ammo ular orasida sezilarli farqlar mavjud.
Elayner – shaffof va zamonaviy yechim
Elayner – bu shaffof, olinadigan, individual ishlab chiqilgan plastinkalar bo‘lib, tishlarni asta-sekin kerakli joyiga siljitadi.
Afzalliklari:
- Ko‘zga tashlanmaydi – ish, o‘qish va ijtimoiy hayotda estetik qulaylik beradi.
- Oson olinadi – ovqat yeyishda va tish tozalashda noqulaylik tug‘dirmaydi.
- Tish gigiyenasini yuqori darajada saqlash mumkin.
- Metallga allergiyasi bor bemorlarga mos.
Kamchiliklari:
- Har kuni 20–22 soat taqish talab qilinadi.
- Juda murakkab vaziyatlarda yaxshi natija bermasligi mumkin.
- Natija bemorning intizomiga bevosita bog‘liq.
Breket – klassik va ishonchli tizim
Breket – tishlarga yopishtiriladigan va maxsusu ortodontik yoyolar bilan ishlaydigan apparat.
Afzalliklari:
- Murakkab tish egriliklarini ham davolash imkoniyati bor.
- Natija aniq va prognoz qilinadigan.
- Bemorning intizomiga uncha bog‘liq emas.
Kamchiliklari:
- Metall turlari estetik jihatdan ko‘zga tashlanadi (keramik breketlar bu muammoni kamaytiradi).
- Ovqatlanishda ayrim cheklovlar bo‘ladi.
- Davolash davrida lab va lunjda ishqalanish sezilishi mumkin.
Qaysi biri Siz uchun mos?
- Murakkab klinik holatlar – ko‘pincha breket tavsiya qilinadi.
- Estetika muhim bo‘lsa – shaffof elayner qulayroq.
- Narx – elayner va breket narxi Toshkentda davolash davomiyligi va apparat turiga qarab farqlanadi.
- Intizom – elayner natijasi muntazam taqishga bog‘liq.
Dentario tavsiyasi
Dentario klinikasida ortodont-gnatolog Nizamov Temur Sizning tishlaringizni raqamli diagnostika orqali tekshiradi va Sizga mos eng yaxshi davolash rejasini tanlaydi.
📍 Manzil: Toshkent shahri, Muqumiy ko‘chasi, 17
📞 Telefon: +998 78 113 71 30
📲 Telegram: @dentariouz
📷 Instagram: dentario.uz